Оилавий ажримларнинг олдини олиш энг муҳим вазифалардан биридир
Жиззах вилояти судлари томонидан Ўзбекистон Республикасининг “Медиация тўғрисида”ги Қонунига асосан, фуқаровий-ҳуқуқий, шу жумладан оилавий ҳуқуқий муносабатларидан келиб чиқадиган низоларга нисбатан медиация келишувини қўллаш юзасидан бир қатор ишлар амалга оширилмоқда.
Хусусан, фуқаролик ишлари бўйича Зарбдор туманлараро суди биносида “Медиация” хонаси ва суд мажлисига келган томонлар ва уларнинг вояга етмаган фарзандлари учун “Она ва бола” хонаси ташкил қилинган.
Оилада эр-хотиннинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари юзасидан туғилаётган баҳслар, турмушнинг дарз кетиши ва у билан боғлиқ можаролар, айрим хонадонлардаги мавжуд нотинч маънавий-руҳий муҳит натижасида содир бўлаётган никоҳдан ажралишлар бугунги кунда жамиятимизда жиддий эътибор қаратилиши лозим бўлган масаладир.
Жумладан, жорий йилнинг 9 ойи мобайнида фуқаролик ишлари бўйича Зарбдор туманлараро суди томонидан 10 та никоҳдан ажратиш ҳақидаги фуқаролик ишлари бўйича тарафлар яраштирилган. Бу эса ўз навбатида, 17 нафар вояга етмаган фарзандларнинг ўз ота-онаси бағрида улғайиб, меҳрга зор бўлмаслигига, шунингдек эр-хотин ўртасидаги бошқа турдаги оилавий низоларни ҳамда улар ўртасида келиб чиқиши мумкин бўлган турли ноҳуш оқибатларнинг олди олинишига эришилди.
Эътиборли жиҳати шундаки, фуқаролик ишлари бўйича судлар томонидан оилаларни яраштиришда медиатор, оила ва хотин-қизлар бўлими масъул ходими, психолог, имом хатиб ва бошқалар билан самарали ҳамкорлик йўлга қўйилган.
Бундан ташқари, жорий йилнинг 9 ойи давомида болалар низоси ва бошқа тоифа билан боғлиқ кўрилган ишларда, судга ташриф буюрувчи шахсларнинг
50 нафардан ортиқ болалари суд мажлиси тугашига қадар “Она ва бола” кутиш хонасида хавфсиз шароитда бўлиб турган.
Жиноят ишлари бўйича Жиззах шаҳар суди томонидан Жиззах шаҳар халқ таълими бўлимига қарашли 5-сон умумтаълим мактабида ўқувчилар иштирокида давра суҳбати ташкил этилди
Тадбирда жиноят ишлари бўйича Жиззах шаҳар суди судьяси Ж.Тангматов томонидан ёшлар ўртасида жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш, диний мазмундаги материалларни қонунга хилоф равишда тайёрлаш, сақлаш, олиб кириш ҳамда тарқатганлик учун тегишли тартибда маъмурий ҳамда жиноий жавобгарлик чоралари мавжудлиги, интернетдан фақатгина тўғри мақсадда фойдаланишлари кераклиги тушунтириб ўтилди. Шунингдек ўтказилган тадбирда суд раиси томонидан Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги Конвенсия мазмун-моҳияти, суд-ҳуқуқ тизимига доир қонунчиликдаги янгиликлар айтиб ўтилди.
Савол жавоб тарзида давом этган тадбирда ўқувчилар ўз ҳуқуқ ва мажбуриятларини яхши билишга жиноят кўчасига кириб қолишдан сақланишга чақирилди.
Жиззах вилоят суди раиси ўринбосари Н.Расулов томонидан Жиззах шаҳридаги 22-сонли мактабда ўқувчилар иштирокида амалий дарс машғулоти ўтказилди
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат таълим муассасаларида юридик таълимнинг узлуксиз тизимини жорий этиш ҳамда вояга етмаган ёшларнинг ҳуқуқий маданияти ва саводхонлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Қарори ижросини таъминлаш мақсадида Жиззах вилоят суди раиси ўринбосари Н.Расулов томонидан Жиззах шаҳридаги 22-сон умумтаълим мактабининг 11-синф ўқувчиларига назарий тайёргарликнинг ҳуқуқни қўллаш амалиёти билан узвий боғлиқлигини таъминлаш мақсадида ўтказилган дарс машғулотида, ёшлар ўртасида жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш, уларнинг Конституцияда белгиланган ҳуқуқ ва мажбуриятлари, суд-ҳуқуқ тизимига доир қонунчиликдаги янгиликлар, судларга мурожаат қилиш тартиби ва суд интерактив хизматларидан фойдаланиш тартиблари тушунтирилди.
Савол жавоб тарзида давом этган дарс машғулоти ўқувчиларнинг янада билим олишга қизиқишини ортишига ҳамда улар ўртасида жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишда аҳамиятлидир.
Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasidadir
Demokratik davlatlarning rivojlanish bosqichida turli hil sohada islohatlarni amalga oshirish jarayoni jadallashadi. Mazkur islohatlar nafaqat amaliy faoliyatda, balki, qonun hujjatlarini zamon talabiga moslash, ushbu normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali ham ko‘zga tashlanadi.
Rivojlanayotgan davlatning mazkur islohatlar zamirida inson huquqlarini eng oliy qadriyat, asosiy omil sifatida e’tirof etadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilishga doir qator islohatlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, hozirda xotin-qizar va bolalar huquqlari bo‘yicha qonun hujjatlari qabul qilinib, mazkur qonun hujjatlarida xotin-qizlarga har sohada keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda.
Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.
Shunga ko‘ra, Mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlari yuzasidan aholi ya’ni xotin-qizlarning huquqiy tushunchalarini shakllantirish maqsadida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan joriy yilning 20 sentabr kuni Zomin tuman hududida joylashgan “Turkman” mahalla fuqarolari yig‘ini binosida mahalla aholisi va xotin-qizlar ishtirokida davra suxbati tashkil etilib, yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 sentabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-376-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berib o‘tdi.
Jumladan, Kasanachilikni rivojlantirish orqali oila budjeti daromadlarini oshirish, uy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish orqali ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar sonini qisqartirish, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida, 2022-yil 1-oktabrdan boshlab, mazkur qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 apreldagi PQ-214-son qarorining 4-bandiga muvofiq, kasanachiga zarur asbob-uskuna xarid qilish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan subsidiya miqdori amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha oshirilganligini, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har yili bir marotaba har birining qiymati 50 million so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovini o‘tkazilishini, yangi ish boshlayotgan kasanachilar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish uchun xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lider kasanachilarni jalb etgan holda o‘quv kurslari tashkil etilishini, «Ayollar daftari»ga kiritilgan kamida 5 nafar ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undirilishini, ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlik sub’ektlari davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 2027-yil 1-oktabrga qadar ozod etilishini ta’kidlab o‘tdi.
O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.
«Судя ва ёшлар» учрашуви ўтказилди
Фуқаролик ишлари бўйича Жиззах туманлараро суди раиси Ш.Омонов ва жиноят ишлар бўйича Шароф Рашидов туман суди раиси З.Худойбердиевлар томонидан Жиззах вилояти юридик техникумида «Судя ва ёшлар» учрашуви ўтказилди
Учрашувда суд-ҳуқуқ соҳасида олиб борилаётган ислоҳотлар, демократия ва адолат тамойилларини мустаҳкамлашга қаратилган туб ислоҳотлар Ўзбекистон учун доимо устувор номли мавзуда, шунингдек соҳада фуқароларга яратилаётган имкониятлар, ёшлар томонидан содир этилаётган жиноятлар ва уларнинг олдини олиш бўйича вилоятда амалга оширилаётган чора-тадбирлар ҳақида алоҳида тўхталиб ўтилди.
Учрашув очиқ мулоқот тарзида давом этиб, якунида ёшларни суд-ҳуқуқ соҳасида ўзларини қизиқтираётган саволларига судьялар томонидан батафсил жавоб берилди.
Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega
Barchamizga ma’lumki, 1992 yil 8 dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII-chaqiriq XI-sessiyasida muhim tarixiy hujjat fuqarolarimizning asriy orzusi-erkinlik, mustaqillik, ijtimoiy adolat, milliy davlatchilik, qadriyatlarimizni tiklash, xalqimizning har tomonlama erkin va farovon yashashlarini kafolatlovchi Bosh Qonun ya’ni mustaqil O‘zbekistonimizning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilingan.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.
O‘zbekicton Respublikasining Bosh Qomusi, yangilangan Konstitutsiyamizga to‘xtalib o‘tar ekanman, Konstitutsiya 6 bo‘lim va 27 bobdan iborat bo‘lib, 155-moddani o‘z ichiga oladi.
Ushbu qonunimiz 4 ta asosiy prinsipdan iborat bo‘lib, Konstitutsiya qonunlarning ustunligini va insonlarning turli sohalardagi huquq va erkinliklarini himoya qilinishini ta’minlab kelmoqda.
Aytish joizki, har bir davlatning Konstitutsiyasi avvalo unda yashovchi xalqning irodasini, ruhiyatini, ongi va madaniyatini aks ettiradi. Shu ma’noda yangilangan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston xalqining siyosiy donoligi va tafakkuri mahsulidir.
Tub mohiyati, falsafasi, g‘oyasiga ko‘ra, ilg‘or milliy va umuminsoniy qadriyatlarni O‘zida mujassam etgan Asosiy qonunimizda jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i – inson degan fikr ilgari surilgani, katta tarixiy voqeadir.
Konstitutsiyamizning «Muqaddima»sida mustahkamlab qo‘yilganidek, inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qilib, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni namoyon qilib, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglagan holda, davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga tayanib, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta’minlashni maqsad qilgan.
Shuni alohida takidlash kerakki, mustaqil davlatimiz Konstitutsiyasini yaratishda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalariga qat’iy amal qilindi. Shuningdek, rivojlangan demokratik davlatlarning Konstitutsiya yaratish tajribasidan ijodiy foydalanildi.
Konstitutsiyada fuqurolarning ahilligi, xalqimizga xos odamiylik, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat kabi fazilatlar O‘z aksni topdi. Qardoshlik va do‘stlik an’analari, xalqlarning o‘zaro totuvligi va qO‘shnichiligi prinsiplari ham unda muhim o‘rin tutadi.
Asosiy qonunimizning eng muhim xususiyati shundaki, unda insonni ulug‘lash, uning erkin ravnaq topishi uchun real shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
Konstitutsiyamizning IX-bobida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar kafolatlangan bo‘lib, 41-53-moddalarini o‘z ichiga oladi.
Yangilangan Konstitutsiyada aholi o‘zining barcha imkoniyatlariga ega bo‘lish g‘oyasi yotadi. Ya`ni 47-moddada “Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi”. Ko‘rinadiki, shaxsni uy-joyga bo‘lgan huquqi sud orqali himoya qilinadi va kompensatsiya bilan bog‘liq masalani o‘z ichiga oladi.
Taʼkidlash kerakki, uy-joyga bo‘lgan huquqni taʼminlash sud tomonidan taʼminlanadi. Shaxs sudga shikoyat qilishi va sud tomonidan unga o‘sha kompensatsiya belgilanishi nazarda tutiladi. Bunda kompensatsiya mutanosib kerakligini, ya’ni o‘sha uy-joy narxiga mutanosib bo‘lishi kerakligi juda muhim ahamiyatga ega.
Amaldagi qonunchilikda mazkur holat belgilangan bo‘lsa-da, nima uchun aynan Konstitutsiyaga kiritildi? degan savol tug‘iladi. Bilamizki, Konstitutsiya shunchaki o‘zgartirib bo‘lmaydigan asosiy qonun va bu qonunda shaxsning uy-joyga oid asosiy huquqlari va uni himoya qilish protsedurasining, asosiy qoidalarining belgilanishi va mazkur huquq doimiy tarzda hech qanday o‘zgarishsiz qolishini anglatadi. Bu esa shaxsning davlatga bo‘lgan ishonchi va albatta, Konstitutsiyani o‘rganishga bo‘lgan intilishini ham kuchaytiradi. Bu esa huquqiy-ijtimoiy davlat qurishdagi eng muhim qoida hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyaga kiritilgan mazkur o‘zgartirishlar jamiyatimizning og‘riqli nuqtalaridan biriga aylangan “snos” muammosiga nisbatan xalqparvar, mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi oqilona yechim ekanini tasdiqlaydi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Paxtakor tuman sudining raisi U.Sattarov
Oilaga, yoshlarga va ahloqqa qarshi jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va ularning oldini olish
Oila jamiyatning muhim maonaviy negizi hisoblanadi. Muayan jamiyatda komil insonning karor topishida oilaning urni benixoya kattadir. Yoshlar jamiyatning va davlatning asosiy dikkat markazida turganligi bois ularni turli xil salbiy xodisalardan ximoya kilish jinoyat xukuining asosiy vazifalaridan xisoblanadi. Jinoyat kodeksining maxsus kismi shaxsga karshi jinoyatlar bulimida oilaga.yoshlarga va axlokka karshi karatilagn jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan zulib.bu jinoyatlarning ob’ekti oila, yoshlar va axloq xisoblanadi. Ob’ektiv tomondan bu jinoyatlar bevosita oilaga, yoshlarga va ahloqqa qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli qilmishlarda namoyon bo‘ladi. mazkur jinoyatlar sub’ektgiv tomondan qasddansodir etiladi. Jinoyatning sub’ektti 16, 18 yoshga tulgan akli raso shaxslardir.
Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqasimz shaxslarni modsiy taominlashdan bo‘yin tovlash jinoyati uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining 122-moddasida nazarda tutilgan. Jinoyatning ob’ektiv tomoni yeudnnng axl qiuv qaroriga muvofiq moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layokatsiz shaxslarni boqish uchun undiriladig‘an mablag‘larni jami uch oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslikda ifodalanadi. Voyaga yetmagan shaxslar deganda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar tushuniladi. Mexnatga layoqasiz shaxslar— birinchi va ikkinchi shguruh nogironlari yoki kasalligi tufayli vaktincha mehnat layoqatini yo‘qotgan shaxslardir. Sub’ekttiv tomondan jinoyat qasdsan sodir etiladi. Mazkur jinoyatning sub’ektti sudning hal qiluv qaroriga binoan moddiy yordamga muhtoj voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taominlash vazifasi zimmasiga yuklangan 18 yoshga to‘lgan aqli raso har qanday shaxs bo‘lishi mumkin.
Ota onani moddy taominlashdan bo‘yin tovlashi jinoyatining ob’ekti axloq, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning sog‘lig‘i va xayotidir. Jinoyatning ob’ektiv tomoni sudning xal qiluv qaroriga binoan mexnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muxtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularni urnini bosuvchi shaxslarni moddiy taominlash uchun undiriladiga mablag‘ning voyaga yetgan shaxslar tomonidan jami 3 oydan ortiq mudsat mobaynida to‘lamasligida ifodalanadi. Ota-onalar – 55 yoshga to‘lgan ayollar, 60 yoshga to‘lgan erkaklar hamda 1- va 2- gurux nogironlari mexnatga layokatsiz shaxslar xdooblanadi. Sub’ekttiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasdsan sodir etiladi. Jinoyatning sub’ektti 18 yoshgato‘lgan aqli raso jismoniy shaxslardir.
Bolani almashtirib qo‘yish jinoyati uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining 124 moddasida berilgan. Jinoyatning ob’ekti bolaning o‘zi va ota-onalarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari va axloq normalari hisoblanadi. Ob’ektiv tomondan jinoyat tamagirlik yoki boshfa past niyatlarni ko‘zlab, bolani almashtirib qo‘yishda ifodalanadi. Qilmish bola almashtirib qo‘yilgan paytdan eotiboran tamomlangan deb eotirof etiladi. Sub’ekttiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sub’ektti xususiy tug‘riqxona, chaqaloqlar uyi va xokazo muassasalarning xodimi, 16 yoshgato‘lgan aqli raso shaxsdir.
Farzandlikka olish sirini oshkor qilish jinoyati ob’ekti oilaning manfaatlari, bolaning normal axloqiy rivojlanishi xisoblanadi. Ob’ektiv tomondan jinoyat farzandlikka oluvchining (mazkur shaxslar vafot etgan xollarda vasiylik va xomiylik organlarining) roziligisiz farzand qilib olingan o‘g‘il yoki qizbola xaqidagi maolumotlarni oshkor etishi, fukarolik xolatini qayd etish yozuvlari kitobiddagi farzandlikka oluvchilar bolaning qon-qarindoshi emasligini anglash mumkin bo‘lgan ko‘chirmalarni berishda ifodalanadi. O‘g‘il yoki qizbolaning farzandlikka olingani xaqidagi sir oshkor etilgan paytdan eotiboran jinoyat tamomlangan hisoblanadi. Sub’ekttiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sub’ektgi xar qanday shaxs shu jumladan farzandlikka olgan er-xotindan birontasi ham bo‘lishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-xarakatlarga jalb qilish jinoyati uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining 127 moddasida berilgan bo‘lib, bu modda uch qismdan iborat. Birinchi qismda nazarda tutilgan jinoyatning ob’ektiv tomoni voyaga yetmagan shaxsning tilamchilik qilishga, spirtli ichimliklar isteomol qilishga, giyovandlik yoki psixotrop hisoblanmagan lekin kishining aql-idrokiga taosir qiladigan vosita va moddalarning isteomol etishga jalb etishdan iboratdir. Shaxsni mazkur modda qismi bilan javobgar deb topish uchun aybdorga xuddi shunday xarakatlari uchun maomuriy jazo qo‘llanilgan bo‘lishi lozim. Jinoyat kodeksining 127 moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatning ob’ektiv tomoni voyaga yetmagan shaxsni turli usullar bilan giyovandlik vositalarini yoki psixotrop moddalar isteomol qilishga jalb etishdan iborat. Voyaga yetmagan shaxs jinoyat sodir etishga jalb qilinganda esa aybdorning xarakatlari ushbu moddaning uchinchi qismi bilan baxolanadi. Jinoyatning sub’ektti 18 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxsdir.
16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish jinoyatining obotekti 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning jinsiy daxlsizligi xisoblanadi. Ob’ektiv tomondan jinoyat erkak yoki ayolning karamaqarshi jinsdagi 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan ixtiyoriy ravishda jinsiy aloqa qilishi yoki jinsiy extiyojini g‘ayritabiy usulda qondirishida ifodalanadi. Jinsiy aloqa boshlangan yaoni erkakning jinsiy aozosi ayolning jinsiy aozosiga kiritilgan yoxud jinsiy extiyojni qayritabiy usulda qondirishga qaratilgan xatti-xarakatlar sodir etilgan paytdan eotiboran jinoyat tugallangan hisoblanadi. Sub’ekttiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Jabrlanuvchi qiz (o‘g‘il) bolaning 16 yoshga to‘lmaganligi sub’ekttga oldindan ayon bo‘lganligi aybdorni Jinoyat kodeksining 128 moddasi bilan javobgarlikka tortishning zaruriy shartidir. Jinoyatning sub’ektti xar ikki jinsdagi 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxslar bo‘lishi mumkin.
16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz buzuq xarakatlar sodir etish jinoyatining ob’ektiv tomoni shaxsning 16 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgani xoldaunga nisbatan zo‘rlik ishlatmay uyatsiz buzuq xarakatlar sodir etishda ifodalanadi. Uyatsiz-buzuq xarakatlar deganda 16 yoshga to‘lmagan shaxslar ko‘z oldida jinsiy organlarni yalongochlash, jinsiy aloqani sodir etish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiy usulda qondirish, ularni jinsiy aloqalar qilishga o‘rgatish kabi xarakatlarni tushunish lozim. Jinoyat uyatsiz-buzuq xarakat sodir etilgan paytdan etiboran tugallangan deb eotirof etiladi. Sub’ektgiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sub’ektti xar ikki jinsdagi 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxslardir. Uyatsiz-buzuq xarakatlarni qilish vaqtida aybdor jabrlanuvchiga zo‘rlik ishlatgan yoki qo‘rqitgan bo‘lsa u mazkur moddaning ikkinchi qismi bilan javobgarlikka tortiladi.
Pornografik narsalarni tayyorlash va tarqatish bilan bog‘liq xarakatlar uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining 130 moddasida nazarda tutilgan. Ushbu jinoyatning ob’ekti jamoat odob-axloqi, yoshlarning normal axloqiy rivojlanishi xosoblanadi. Pornografik narsalar deganda pornografik asarlarni,bosma buyumlarni, tasvirlarni, jinsiy aloqalarni qo‘pol natural xolatda uyatsizlarcha sharmandali yoki buzuq xolda aks ettiruvchi boshqa narsalarni tushunish zarur. Jinoyatning ob’ektiv tomoni pornografik narsalarni namoish qilish yoki tarqatish maqsadida tayyorlash, shuningdek ularni 21 yoshga to‘lmagan shaxslar o‘rtasida namoish qilish yoki tarqatish, shunday xarakatlar uchun maomuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilishidan iboratdir. Pornografik narsalarni tayyorlash deganda ularning yaratilishini tushunish zarur. Tarqatish deganda bunday narsalarni hech bo‘lmaganda g‘ir shaxsga yetkazib berilishini, jo‘natilishini tushunish kerak. Namoish qilish deganda pornografiya bilan hech bo‘lmaganda bir shaxsning xar qanday usullar bilan tanishtirilishini tushunish lozim. Jinoyatning sub’ektti 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxsdir.
Foxishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish jinoyatining ob’ekti jamoat odob-axloqi, fuqarolarning sog‘lig‘i hisoblanadi. Ob’ektiv tomondan jinoyat buzuqlik uyasi bo‘lmish foxishaxonani ochish yoki saqlash, shuningdek taomagirlik yoki boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilishda ifodalanadi. Foxishaxona deganda mijozlar jinsiy aloqa yoki jinsiy ehtiyojlarini g‘ayritabiy usulda qondirishi uchun foydalanadigan xar qanday xonani tushunish zarur. Foxishaxona ochish va saqlash deganda xona tanlanishi, uning jixozlanishi, faoliyat ko‘rsatilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi, uzoq vaqt xizmat qilishi uchun foxishaxonaning saqlanishi, mijozlarning jalb qilinishi, uning reklamasi va xokazolarni tushunish kerak. Qo‘shmachilik – taomagirlik yoki boshqa past niyatlarni ko‘zlab, maolam shaxslarning o‘zaro jinsiy aloqa qilishi yoxud jinsiy extiyojlarini g‘ayritabiy usulda qonidirishlariga xizmat qilishdan iborat. Sub’ekttiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Jinoyatnin sub’ektti 16 yoshgato‘lgan aqli raso shaxsdir.
Inson aozolari yoki to‘qimalarini ajratib olish uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining 133 moddasida berilgan. Ob’ektiv tomondan jinoyat shaxs tirikligida uning roziligini olmasdan turib yoki o‘lganidagn keyin yaqin qarindoshlarining roziligisiz ilmiy yoxud ta’lim ilari uchun ko‘chirib o‘tkazish yoki buzilmaydigan xolda saqlash maqsadida murdaning aozolari yoki to‘qimalarini ajratib olishda ifodalanadi. Ko‘chirib o‘tkazilgani yoki o‘tkazilmagani, saqlab qo‘yilgani yoki qo‘yilmaganidan katoiy nazar murdaning aozolari yoki to‘qimalari ajratib olingan paytdan boshlab jinoyat tamomlangan hisoblanadi. Sub’ekttiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sub’ektti 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxsdir.
Kabrni taxqirlash ob’ektiv tomondan qabrni yoki murdani taxqirlashda, shuningdek murdadagi kabr ustida yoki ichidagi narsalarni olishda ifodalanadi. Qabr o‘lgan odam yotgan joydir. Qabrni taxkirlash deganda uning kovlab tashlanishi, qabr ustidagi toshlar yodgorliklar marxumning xoki saklanayotgan idishlarning vayron qilinishi tushuniladi. Murdani taxqirlash deganda murdaning uning aloxida qismlarining tashqariga chiqarib olinishi, uning xo‘rlanishi tushuniladi. Sub’ekttiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Jinoyat sub’ektti 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxsdir.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Paxtakor tuman sudining raisi: U.Sattarov
Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish
Ushbu jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shundaki, diniy mazmundagi materiallarning qonunga xilof yoki nazorat qilinmagan muomalasi davlatning ijtimoiy xavfsizligi, xususan, davlat tomonidan chet elda chop etilgan diniy adabiyotlar va boshqa diniy mazmundagi axborot materiallarini ishlab chiqarish va tarqatish ustidan nazorati, shuningdek, rasmiy diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv fanlarining o‘z vakolatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyati bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Undan tashqari diniy mazmundagi materiallarning g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlanishi, saqlanishi va ularni tarqatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi diniy ekstremizm, fundamentalizm va separatizm, shuningdek, ularning yangi ko‘rinishi bo‘lgan nolegal diniy faoliyat (prozelitizm, ya’ni bir konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga o‘tkazishga qaratilgan faoliyat, boshqa missionerlik faoliyati)ning vujudga kelishi va rivojlanishini xavfini tug‘diradi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda bunday voqealar tobora ko‘proq ro‘yxatga olinmoqda va ularning ijtimoiy xavfliligi ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, diniy e’tiqodni mamlakatimizda yashayotgan har qanday shaxsga qaysi dinga kirishini erkin tanlash va unga e’tiqod qilish huquqini amalga oshirishi uchun imkon yaratilgan. Boshqa shaxslarning da’vati yoki tashviqotlari natijasida qaysi bir dinga amal qilishlari fuqarolarning bunday huquqlariga putur yetkazadi. Ayniqsa, diniy mazmundagi adabiyotlarni noto‘g‘ri targ‘ib qilish, ularni g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish bilan bog‘liq qilmishlar fuqarolarning vijdon erkinliklari bilan bog‘liq huquqlarining erkin amalga oshirilishiga jiddiy zarar yetkazadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, har bir shaxs erkin e’tiqod qilish huquqiga ega bo‘lib, shaxsni qandaydir dinga kirishga da’vat qilish, tashviqot qilish taqiqlanadi.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga binoan diniy mazmundagi materiallar diniy ta’limotning aqidaviy asoslarini, tarixini, diniy ta’limot mafkurasini va sharhlarni, turli diniy ta’limotlarning marosimlar o‘tkazish amaliyotini, shuningdek alohida shaxslarning, tarixiy faktlar va hodisalarning diniy nuqtai nazardan bahosini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar, boshqa bosma nashrlar, belgilar, predmetlar, ramzlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar va boshqalar), elektron axborot tashuvchilardan (disketlar, CD, DVD disklari, o‘rnatilgan va yechib olinadigan xotira kartalari, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan materiallar va boshqalar) iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi.
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Shunga asosan, har qanday boshqa tashkilotlarning yoki jismoniy shaxslarning tarqatish maqsadida diniy mazmundagi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatishlari g‘ayriqonuniy hisoblanadi.
Jinoyatning ob’ektini aynan har qanday shaxslarning erkin e’tiqod qilish huquqlari tashkil etadi va diniy mazmundagi narsalarni qonunga xilof tarzda tayyorlash, tarqatish yoki respublika hududiga olib kirish jamoat xavfsizligiga ham tahdid soladi.
Jinoyatning bevosita obek’ti O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish qoidalariga rioya qilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardir. Bu holda jamiyatdagi normal ma’naviy muhit, fuqarolarning ma’naviy va jismoniy sog‘lig‘i fakultativ ob’ekt bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, qilmishning predmeti diniy mazmundagi materiallar, ya’ni diniy maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlar, diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot materiallari hisoblanadi.
Diniy mazmundagi materiallar deganda, turli xildagi diniy adabiyotlar (kitob, qo‘lyozma, risola va h.k), diniy varaqa va plakatlar, diniy mazmundagi video, audio kassetalar, disklar va h.k.larni tushunish lozim.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 6-bo‘limida jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar belgilangan bo‘lib, 2443-moddasida “Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilangan.
Jizzax viloyat sudi sudyasi; S.Ergashev
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Paxtakor tuman sudi raisi U.Sattarov
HECH KIM SUDNING VA QONUNGA ZID TARZDA QARORISIZ UY-JOYIDAN MAHRUM ETILMAYDI
O‘tgan bir necha yil davomida “uy-joyni buzish”, “snos” degan gaplar ko‘pchilik yurtdoshlarimizni boshiga tushgan bo‘lsa ajab emas. Masala shu darajada jiddiy tus olganidan Prezidentning 2021-yildagi inauguratsiya maʼruzasida ham alohida e`tibor qaratilib, shaxsiy mulkka bo‘lgan huquq uchun sud himoyasini kuchaytirish zarurligi taʼkidlangandi.
Shu jihatdan uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi, shuningdek, mamlakatimizda aholini uy-joy bilan taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash davlatning muhim vazifasiga aylanmoqda.
Yangilangan Konstitutsiyada aholi o‘zining barcha imkoniyatlariga ega bo‘lish g‘oyasi yotadi. Ya`ni 47-moddada “Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi”. Ko‘rinadiki, shaxsni uy-joyga bo‘lgan huquqi sud orqali himoya qilinadi va kompensatsiya bilan bog‘liq masalani o‘z ichiga oladi.
Taʼkidlash kerakki, uy-joyga bo‘lgan huquqni taʼminlash sud tomonidan taʼminlanadi. Shaxs sudga shikoyat qilishi va sud tomonidan unga o‘sha kompensatsiya belgilanishi nazarda tutiladi. Bunda kompensatsiya mutanosib kerakligini, ya’ni o‘sha uy-joy narxiga mutanosib bo‘lishi kerakligi juda muhim ahamiyatga ega.
Amaldagi qonunchilikda mazkur holat belgilangan bo‘lsa-da, nima uchun aynan Konstitutsiyaga kiritildi? degan savol tug‘iladi. Bilamizki, Konstitutsiya shunchaki o‘zgartirib bo‘lmaydigan asosiy qonun va bu qonunda shaxsning uy-joyga oid asosiy huquqlari va uni himoya qilish protsedurasining, asosiy qoidalarining belgilanishi va mazkur huquq doimiy tarzda hech qanday o‘zgarishsiz qolishini anglatadi. Bu esa shaxsning davlatga bo‘lgan ishonchi va albatta, Konstitutsiyani o‘rganishga bo‘lgan intilishini ham kuchaytiradi. Bu esa huquqiy-ijtimoiy davlat qurishdagi eng muhim qoida hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyaga kiritilgan mazkur o‘zgartirishlar jamiyatimizning og‘riqli nuqtalaridan biriga aylangan “snos” muammosiga nisbatan xalqparvar, mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi oqilona yechim ekanini tasdiqlaydi.
Quvondiq MAMARAHIMOV,
Jinoyat ishlari boyicha Zarbdor tumani sudi raisi
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган 2024 | Jizzax viloyat sudi