So‘nggi yillarda «Yangi O‘zbekiston — yangi sud» tamoyili doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda «Inson qadri uchun» g‘oyasi asosida joylarga chiqqan holda aholining ayniqsa yoshlarimizning huquqiy muommolarini o‘rganish va ushbu muommolarni joyida yechish, shuningdek ularning huquqiy madaniyatini oshirish borasida sudlar tomonidan salmoqli ishlar olib borilayotganligini alohida e’tirof etmog‘ligimiz lozim.
Jumladan, joriy yilning 06-dekabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudi tomonidan Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va sud tizimi haqidagi bilimlarini oshirish yuzasidan hamda yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratilganligi haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, maktabning 11-sinf o‘quvchisi Xasanova Hulkaroyning “Konstitutsiya bilimdoni” Respublika ko‘rik tanlovida faxrli 2-o‘rinni olganligi munosabati bilan yoshlarimizni taqdirlash marosimi o‘tkazilib, faxriy yorliqlar topshirildi va ustozlarga minnaddorliklar bildirildi.
Zero, xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Botir Inoyatov,
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining sudyasi