Oilaga, yoshlarga va ahloqqa qarshi jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va ularning oldini olish

 Oila jamiyatning muhim maonaviy negizi hisoblanadi. Muayan jamiyatda komil insonning karor topishida oilaning urni benixoya kattadir. Yoshlar jamiyatning va davlatning asosiy dikkat markazida turganligi bois ularni turli xil salbiy xodisalardan ximoya kilish jinoyat xukuining asosiy vazifalaridan xisoblanadi. Jinoyat kodeksining maxsus kismi shaxsga karshi jinoyatlar bulimida oilaga.yoshlarga va axlokka karshi karatilagn jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan zulib.bu jinoyatlarning ob’ekti oila, yoshlar va axloq xisoblanadi. Ob’ektiv tomondan bu jinoyatlar bevosita oilaga, yoshlarga va ahloqqa qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli qilmishlarda namoyon bo‘ladi. mazkur jinoyatlar sub’ektgiv tomondan qasddansodir etiladi. Jinoyatning sub’ektti 16, 18 yoshga tulgan akli raso shaxslardir.

Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqasimz shaxslarni modsiy taominlashdan bo‘yin tovlash jinoyati uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining 122-moddasida nazarda tutilgan. Jinoyatning ob’ektiv tomoni yeudnnng axl qiuv qaroriga muvofiq moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layokatsiz shaxslarni boqish uchun undiriladig‘an mablag‘larni jami uch oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslikda ifodalanadi. Voyaga yetmagan shaxslar deganda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar tushuniladi. Mexnatga layoqasiz shaxslar— birinchi va ikkinchi shguruh nogironlari yoki kasalligi tufayli vaktincha mehnat layoqatini yo‘qotgan shaxslardir. Sub’ekttiv tomondan jinoyat qasdsan sodir etiladi. Mazkur jinoyatning sub’ektti sudning hal qiluv qaroriga binoan moddiy yordamga muhtoj voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taominlash vazifasi zimmasiga yuklangan 18 yoshga to‘lgan aqli raso har qanday shaxs bo‘lishi mumkin.

Ota onani moddy taominlashdan bo‘yin tovlashi jinoyatining ob’ekti axloq, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning sog‘lig‘i va xayotidir. Jinoyatning ob’ektiv tomoni sudning xal qiluv qaroriga binoan mexnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muxtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularni urnini bosuvchi shaxslarni moddiy taominlash uchun undiriladiga mablag‘ning voyaga yetgan shaxslar tomonidan jami 3 oydan ortiq mudsat mobaynida to‘lamasligida ifodalanadi. Ota-onalar – 55 yoshga to‘lgan ayollar, 60 yoshga to‘lgan erkaklar hamda 1- va 2- gurux nogironlari mexnatga layokatsiz shaxslar xdooblanadi. Sub’ekttiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasdsan sodir etiladi. Jinoyatning sub’ektti 18 yoshgato‘lgan aqli raso jismoniy shaxslardir.

Bolani almashtirib qo‘yish jinoyati uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining 124 moddasida berilgan. Jinoyatning ob’ekti bolaning o‘zi va ota-onalarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari va axloq normalari hisoblanadi. Ob’ektiv tomondan jinoyat tamagirlik yoki boshfa past niyatlarni ko‘zlab, bolani almashtirib qo‘yishda ifodalanadi. Qilmish bola almashtirib qo‘yilgan paytdan eotiboran tamomlangan deb eotirof etiladi. Sub’ekttiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sub’ektti xususiy tug‘riqxona, chaqaloqlar uyi va xokazo muassasalarning xodimi, 16 yoshgato‘lgan aqli raso shaxsdir.

Farzandlikka olish sirini oshkor qilish jinoyati ob’ekti oilaning manfaatlari, bolaning normal axloqiy rivojlanishi xisoblanadi. Ob’ektiv tomondan jinoyat farzandlikka oluvchining (mazkur shaxslar vafot etgan xollarda vasiylik va xomiylik organlarining) roziligisiz farzand qilib olingan o‘g‘il yoki qizbola xaqidagi maolumotlarni oshkor etishi, fukarolik xolatini qayd etish yozuvlari kitobiddagi farzandlikka oluvchilar bolaning qon-qarindoshi emasligini anglash mumkin bo‘lgan ko‘chirmalarni berishda ifodalanadi. O‘g‘il yoki qizbolaning farzandlikka olingani xaqidagi sir oshkor etilgan paytdan eotiboran jinoyat tamomlangan hisoblanadi. Sub’ekttiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sub’ektgi xar qanday shaxs shu jumladan farzandlikka olgan er-xotindan birontasi ham bo‘lishi mumkin.

Voyaga   yetmagan   shaxsni   g‘ayriijtimoiy   xatti-xarakatlarga   jalb   qilish   jinoyati   uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining 127 moddasida berilgan bo‘lib, bu modda uch qismdan iborat. Birinchi qismda nazarda tutilgan jinoyatning ob’ektiv tomoni voyaga yetmagan shaxsning tilamchilik qilishga, spirtli ichimliklar isteomol qilishga, giyovandlik yoki psixotrop hisoblanmagan lekin kishining aql-idrokiga taosir qiladigan vosita va moddalarning isteomol etishga jalb etishdan iboratdir. Shaxsni mazkur modda qismi bilan javobgar deb topish uchun aybdorga xuddi shunday xarakatlari uchun maomuriy jazo qo‘llanilgan bo‘lishi lozim. Jinoyat kodeksining 127 moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatning ob’ektiv tomoni voyaga yetmagan shaxsni turli usullar bilan giyovandlik vositalarini yoki psixotrop moddalar isteomol qilishga jalb etishdan iborat. Voyaga yetmagan shaxs jinoyat sodir etishga jalb qilinganda esa aybdorning xarakatlari ushbu moddaning uchinchi qismi bilan baxolanadi. Jinoyatning sub’ektti 18 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxsdir.

16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish jinoyatining obotekti 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning jinsiy daxlsizligi xisoblanadi. Ob’ektiv tomondan jinoyat erkak yoki ayolning karamaqarshi jinsdagi 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan ixtiyoriy ravishda jinsiy aloqa qilishi yoki jinsiy extiyojini g‘ayritabiy usulda qondirishida ifodalanadi. Jinsiy aloqa boshlangan yaoni erkakning jinsiy aozosi ayolning jinsiy aozosiga kiritilgan yoxud jinsiy extiyojni qayritabiy usulda qondirishga qaratilgan xatti-xarakatlar sodir etilgan paytdan eotiboran jinoyat tugallangan hisoblanadi. Sub’ekttiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Jabrlanuvchi qiz (o‘g‘il) bolaning 16 yoshga to‘lmaganligi sub’ekttga oldindan ayon bo‘lganligi aybdorni Jinoyat kodeksining 128 moddasi bilan javobgarlikka tortishning zaruriy shartidir. Jinoyatning sub’ektti xar ikki jinsdagi 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxslar bo‘lishi mumkin.

16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz buzuq xarakatlar sodir etish jinoyatining ob’ektiv tomoni shaxsning 16 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgani xoldaunga nisbatan zo‘rlik ishlatmay uyatsiz buzuq xarakatlar sodir etishda ifodalanadi. Uyatsiz-buzuq xarakatlar deganda 16 yoshga to‘lmagan shaxslar ko‘z oldida jinsiy organlarni yalongochlash, jinsiy aloqani sodir etish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiy usulda qondirish, ularni jinsiy aloqalar qilishga o‘rgatish kabi xarakatlarni tushunish lozim. Jinoyat uyatsiz-buzuq xarakat sodir etilgan paytdan etiboran tugallangan deb eotirof etiladi. Sub’ektgiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sub’ektti xar ikki jinsdagi 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxslardir. Uyatsiz-buzuq xarakatlarni qilish vaqtida aybdor jabrlanuvchiga zo‘rlik ishlatgan yoki qo‘rqitgan bo‘lsa u mazkur moddaning ikkinchi qismi bilan javobgarlikka tortiladi.

Pornografik narsalarni tayyorlash va tarqatish bilan bog‘liq xarakatlar uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining 130 moddasida nazarda tutilgan. Ushbu jinoyatning ob’ekti jamoat odob-axloqi, yoshlarning normal axloqiy rivojlanishi xosoblanadi. Pornografik narsalar deganda pornografik asarlarni,bosma buyumlarni, tasvirlarni, jinsiy aloqalarni qo‘pol natural xolatda uyatsizlarcha sharmandali yoki buzuq xolda aks ettiruvchi boshqa narsalarni tushunish zarur. Jinoyatning ob’ektiv tomoni pornografik narsalarni namoish qilish yoki tarqatish maqsadida tayyorlash, shuningdek ularni 21 yoshga to‘lmagan shaxslar o‘rtasida namoish qilish yoki tarqatish, shunday xarakatlar uchun maomuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilishidan iboratdir. Pornografik narsalarni tayyorlash deganda ularning yaratilishini tushunish zarur. Tarqatish deganda bunday narsalarni hech bo‘lmaganda g‘ir shaxsga yetkazib berilishini, jo‘natilishini tushunish kerak. Namoish qilish deganda pornografiya bilan hech bo‘lmaganda bir shaxsning xar qanday usullar bilan tanishtirilishini tushunish lozim. Jinoyatning sub’ektti 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxsdir.

Foxishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish jinoyatining ob’ekti jamoat odob-axloqi, fuqarolarning sog‘lig‘i hisoblanadi. Ob’ektiv tomondan jinoyat buzuqlik uyasi bo‘lmish foxishaxonani ochish yoki saqlash, shuningdek taomagirlik yoki boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilishda ifodalanadi. Foxishaxona deganda mijozlar jinsiy aloqa yoki jinsiy ehtiyojlarini g‘ayritabiy usulda qondirishi uchun foydalanadigan xar qanday xonani tushunish zarur. Foxishaxona ochish va saqlash deganda xona tanlanishi, uning jixozlanishi, faoliyat ko‘rsatilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi, uzoq vaqt xizmat qilishi uchun foxishaxonaning saqlanishi, mijozlarning jalb qilinishi, uning reklamasi va xokazolarni tushunish kerak. Qo‘shmachilik – taomagirlik yoki boshqa past niyatlarni ko‘zlab, maolam shaxslarning o‘zaro jinsiy aloqa qilishi yoxud jinsiy extiyojlarini g‘ayritabiy usulda qonidirishlariga xizmat qilishdan iborat. Sub’ekttiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Jinoyatnin sub’ektti 16 yoshgato‘lgan aqli raso shaxsdir.

Inson aozolari yoki to‘qimalarini ajratib olish uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining 133 moddasida berilgan. Ob’ektiv tomondan jinoyat shaxs tirikligida uning roziligini olmasdan turib yoki o‘lganidagn keyin yaqin qarindoshlarining roziligisiz ilmiy yoxud ta’lim ilari uchun ko‘chirib o‘tkazish yoki buzilmaydigan xolda saqlash maqsadida murdaning aozolari yoki to‘qimalarini ajratib olishda ifodalanadi. Ko‘chirib o‘tkazilgani yoki o‘tkazilmagani, saqlab qo‘yilgani yoki qo‘yilmaganidan katoiy nazar murdaning aozolari yoki to‘qimalari ajratib olingan paytdan boshlab jinoyat tamomlangan hisoblanadi. Sub’ekttiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sub’ektti 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxsdir.

Kabrni taxqirlash ob’ektiv tomondan qabrni yoki murdani taxqirlashda, shuningdek murdadagi kabr ustida yoki ichidagi narsalarni olishda ifodalanadi. Qabr o‘lgan odam yotgan joydir. Qabrni taxkirlash deganda uning kovlab tashlanishi, qabr ustidagi toshlar yodgorliklar marxumning xoki saklanayotgan idishlarning vayron qilinishi tushuniladi. Murdani taxqirlash deganda murdaning uning aloxida qismlarining tashqariga chiqarib olinishi, uning xo‘rlanishi tushuniladi. Sub’ekttiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Jinoyat sub’ektti 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxsdir.

Jinoyat ishlari bo‘yicha 

Paxtakor tuman sudining raisi: U.Sattarov

Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish

Ushbu jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shundaki, diniy mazmundagi materiallarning qonunga xilof yoki nazorat qilinmagan muomalasi davlatning ijtimoiy xavfsizligi, xususan, davlat tomonidan chet elda chop etilgan diniy adabiyotlar va boshqa diniy mazmundagi axborot materiallarini ishlab chiqarish va tarqatish ustidan nazorati, shuningdek, rasmiy diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv fanlarining o‘z vakolatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyati bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Undan tashqari diniy mazmundagi materiallarning g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlanishi, saqlanishi va ularni tarqatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi diniy ekstremizm, fundamentalizm va separatizm, shuningdek, ularning yangi ko‘rinishi bo‘lgan nolegal diniy faoliyat (prozelitizm, ya’ni bir konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga o‘tkazishga qaratilgan faoliyat, boshqa missionerlik faoliyati)ning vujudga kelishi va rivojlanishini xavfini tug‘diradi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda bunday voqealar tobora ko‘proq ro‘yxatga olinmoqda va ularning ijtimoiy xavfliligi ortib bormoqda.

         O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, diniy e’tiqodni mamlakatimizda yashayotgan har qanday shaxsga qaysi dinga kirishini erkin tanlash va unga e’tiqod qilish huquqini amalga oshirishi uchun imkon yaratilgan. Boshqa shaxslarning da’vati yoki tashviqotlari natijasida qaysi bir dinga amal qilishlari fuqarolarning bunday huquqlariga putur yetkazadi. Ayniqsa, diniy mazmundagi adabiyotlarni noto‘g‘ri targ‘ib qilish, ularni g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish bilan bog‘liq qilmishlar fuqarolarning vijdon erkinliklari bilan bog‘liq huquqlarining erkin amalga oshirilishiga jiddiy zarar yetkazadi.

         O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, har bir shaxs erkin e’tiqod qilish huquqiga ega bo‘lib, shaxsni qandaydir dinga kirishga da’vat qilish, tashviqot qilish taqiqlanadi.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga binoan diniy mazmundagi materiallar diniy ta’limotning aqidaviy asoslarini, tarixini, diniy ta’limot mafkurasini va sharhlarni, turli diniy ta’limotlarning marosimlar o‘tkazish amaliyotini, shuningdek alohida shaxslarning, tarixiy faktlar va hodisalarning diniy nuqtai nazardan bahosini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar, boshqa bosma nashrlar, belgilar, predmetlar, ramzlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar va boshqalar), elektron axborot tashuvchilardan (disketlar, CD, DVD disklari, o‘rnatilgan va yechib olinadigan xotira kartalari, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan materiallar va boshqalar) iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi.

            Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

          Shunga asosan, har qanday boshqa tashkilotlarning yoki jismoniy shaxslarning tarqatish maqsadida diniy mazmundagi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatishlari g‘ayriqonuniy hisoblanadi.

         Jinoyatning ob’ektini aynan har qanday shaxslarning erkin e’tiqod qilish huquqlari tashkil etadi va diniy mazmundagi  narsalarni qonunga xilof tarzda tayyorlash, tarqatish yoki respublika hududiga olib kirish jamoat xavfsizligiga ham tahdid soladi.

         Jinoyatning bevosita obek’ti O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish qoidalariga rioya qilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardir. Bu holda jamiyatdagi normal ma’naviy muhit, fuqarolarning ma’naviy va jismoniy sog‘lig‘i  fakultativ ob’ekt bo‘lishi mumkin.

         Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, qilmishning predmeti diniy mazmundagi materiallar, ya’ni diniy maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlar, diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot materiallari hisoblanadi.

         Diniy mazmundagi materiallar deganda, turli xildagi diniy adabiyotlar (kitob, qo‘lyozma, risola va h.k), diniy varaqa va plakatlar, diniy mazmundagi video, audio kassetalar, disklar va h.k.larni tushunish lozim.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 6-bo‘limida jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar belgilangan bo‘lib, 2443-moddasida “Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan  jazolanishi belgilangan.

 

 

Jizzax viloyat sudi sudyasi;                                                             S.Ergashev

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Paxtakor tuman sudi raisi                                                               U.Sattarov

HECH KIM SUDNING VA QONUNGA ZID TARZDA QARORISIZ UY-JOYIDAN MAHRUM ETILMAYDI

O‘tgan bir necha yil davomida “uy-joyni buzish”, “snos” degan gaplar ko‘pchilik yurtdoshlarimizni boshiga tushgan bo‘lsa ajab emas. Masala shu darajada jiddiy tus olganidan Prezidentning 2021-yildagi inauguratsiya maʼruzasida ham alohida e`tibor qaratilib, shaxsiy mulkka bo‘lgan huquq uchun sud himoyasini kuchaytirish zarurligi taʼkidlangandi. 

Shu jihatdan uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi, shuningdek, mamlakatimizda aholini uy-joy bilan taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash davlatning muhim vazifasiga aylanmoqda.

Yangilangan Konstitutsiyada aholi o‘zining barcha imkoniyatlariga ega bo‘lish g‘oyasi yotadi. Ya`ni 47-moddada “Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi”. Ko‘rinadiki, shaxsni uy-joyga bo‘lgan huquqi sud orqali himoya qilinadi va kompensatsiya bilan bog‘liq masalani o‘z ichiga oladi.

Taʼkidlash kerakki, uy-joyga bo‘lgan huquqni taʼminlash sud tomonidan taʼminlanadi. Shaxs sudga shikoyat qilishi va sud tomonidan unga o‘sha kompensatsiya belgilanishi nazarda tutiladi. Bunda kompensatsiya mutanosib kerakligini, ya’ni o‘sha uy-joy narxiga mutanosib bo‘lishi kerakligi juda muhim ahamiyatga ega. 

Amaldagi qonunchilikda mazkur holat belgilangan bo‘lsa-da, nima uchun aynan Konstitutsiyaga kiritildi? degan savol tug‘iladi. Bilamizki, Konstitutsiya shunchaki o‘zgartirib bo‘lmaydigan asosiy qonun va bu qonunda shaxsning uy-joyga oid asosiy huquqlari va uni himoya qilish protsedurasining, asosiy qoidalarining belgilanishi va mazkur huquq doimiy tarzda hech qanday o‘zgarishsiz qolishini anglatadi. Bu esa shaxsning davlatga bo‘lgan ishonchi va albatta, Konstitutsiyani o‘rganishga bo‘lgan intilishini ham kuchaytiradi. Bu esa huquqiy-ijtimoiy davlat qurishdagi eng muhim qoida hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyaga kiritilgan mazkur o‘zgartirishlar jamiyatimizning og‘riqli nuqtalaridan biriga aylangan “snos” muammosiga nisbatan xalqparvar, mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi oqilona yechim ekanini tasdiqlaydi. 

Quvondiq MAMARAHIMOV,

Jinoyat ishlari boyicha Zarbdor tumani sudi raisi

Жиззах вилояти юридик техникумида «Судя ва ёшлар» учрашуви бўлиб ўтди

Учрашувда фуқаролик ишлари бўйича Жиззах туманлараро суди раиси Ш.Омонов иштирок этди ва у ўз маърузасида‌‌ суд фахрийси Умсун опа Астанованинг ҳаёти ва ижоди, унинг залворли босиб ўтган йўли ҳақида маълумот бериб ўтди ҳамда У.Астановага бағишланган китоб тақдимоти ҳам ўтказилди.

Биринчи босқич ўқувчилари учун ташкил этилган учрашувда бўлажак юристлар ўзларига етарли даражада мотивация олдилар.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish tartibi

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan fuqarolarning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini to‘laqonli ta’minlash borasida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi. Xususan, ayni shu yo‘nalishda mavjud milliy qonunchiligimizga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu boradagi amaliy ishlar izchil davom ettirilayotgani esa, yanada e’tiborlidir.

Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonuniy 2020 yil 13 mart kuni qabul qilindi. Mazkur qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan o‘zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig‘indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini e’tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining butun hududi uchun yagona fuqarolik o‘rnatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, u qanday asoslarda olinganligidan qat’i nazar, hamma uchun tengdir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir.

Qonunning 5-moddasiga ko‘ra, 1992 yil 28 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxs, O‘zbekiston hududida yashagan va 1992 yil 28 iyulga qadar o‘qish uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta’lim olgan yoxud harbiy xizmatni o‘tagan va o‘qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida O‘zbekistonga qaytib kelgan hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo‘lmasa, ushbu Qonun kuchga kirgan kunda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.

1992 yil 28 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxs, O‘zbekiston hududida yashagan va 1992 yil 28 iyulga qadar o‘qish uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta’lim olgan yoxud harbiy xizmatni o‘tagan va o‘qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida O‘zbekistonga qaytib kelgan hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo‘lmasa O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash fakti doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi belgining mavjudligi bilan tasdiqlanadi.

Qonun talabiga ko‘ra, 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

O‘zini O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasida kamida o‘n besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekiston Respublikasida yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Xulosa o‘rnida aytganda, ushbu Qonunning qabul qilinishi va hayotga joriy etilishi O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini to‘liq ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish va ta’minlash borasida olib borilayotgan yuksak insonparvar siyosatning hayotiy isbotidir.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Zarbdor tumanlararo sudi raisi

O.Egamberdiev

Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X. Madatov Agrobank Zarbdor tuman filiali xodimlari bilan uchrashdi

Agrobank Zarbdor tuman filiali binosida bank xodimlari hamda hududda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-763-sonli, 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suhbatlari tashkil etildi.

МЕРОС МУЛКИ БИЛАН БОҒЛИҚ НИЗОЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШДА АМАЛДАГИ ҚОНУН ТАЛАБЛАРИ

Бугун суд залларида ака-ука, опа-сингил ва қавм-қариндошлар ўртасида келиб чиқаётган оилавий низоларнинг аксарияти мерос, уй-жой, мол-мулк талашишлар ортидан келиб чиқаётгани ҳеч кимга сир эмас.

Кўп ҳолатларда бир ота-онадан туғилган ака-ука, опа-сингиллар мулк талашишлари оқибатида “юз кўрмас” бўлиб, очиқдан-очиқ душманга айланишади ва бу душманлик узоқ йиллар, баъзан умрбод давом этади. Азал-азалдан барча  халқларда  вафот этган кишининг мол-мулкини ворислик асосида мерос қолдиришнинг ўзига хос тартиб-қоидалари мавжуд бўлиб келган. Мерос инсоният тарихидаги энг қадимий ҳуқуқ тушунчаси саналади.

Мулк ва мулк  ҳуқуқини вужудга келтирувчи объектлардан бири саналган ушбу  мерос ҳуқуқи бош қомусимизда ҳам қонун билан кафолатланган.  Шу ўринда мустақиллик йилларида  ҳаётимизга хусусийлаштиришнинг кириб келиши мерос масаласининг кенгайишига  кенг йўл очиб берганини таъкидлаб ўтиш лозим. Илгари даврларда жамиятнинг иқтисодий негизини асосан давлат мулки ташкил этганлиги сабабли фуқаролар амалда ҳеч қандай хусусий мулкка эга бўлмаганлар ва шу боис мерос қолдирилиши мумкин бўлган мол-мулкнинг миқдори жудаям чекланган ёки мол-мулкнинг ўзи мавжуд бўлмаган.  Ҳозирда бунга барҳам берилган бўлиб, уй-жойлар фуқароларнинг хусусий мулки ҳисобланади ҳамда вақти келиб, бу мулк фарзандларига мерос сифатида ўтади. Қонунлардан яхши хабардор фуқаролар ўзларидан кейин фарзандлари орасида турли низо ёки келишмовчиликлар келиб чиқишининг олдини олиш мақсадида васият қолдиришга ҳаракат қилишади. Бу эса юзага келиши мумкин бўлган айрим муаммоларга ўз вақтида барҳам беради. Аммо вазият ҳар доим ҳам бир хил кечмайди ва меросни бўлишиш борасида турли хил нохуш ҳолатлар юзага келиши мумкин. Низоли вазиятни таҳлил қилиш, ўрганиш, масалага қонуний асосларда ечим бериш эса суд органлари олдидаги масъулиятли вазифалардан биридир. Мерос масаласи мулк билан боғлиқ бўлганлиги сабабли барча жараёнларда ўзининг аҳамиятлилиги билан ажралиб туради.    Мамлакатимизда бу борада аниқ механизмлар ишлаб чиқилган. Қонунчиликка мувофиқ, мерос ҳуқуқи – мулкка нисбатан ворисликдир, ворисликнинг эса васият ва қонун бўйича амалга оширилиши Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик Кодексининг 1112-моддасида кўрсатиб ўтилган. Мерос қолдирувчи ҳаётлигида эга бўлган мулк, мулкий ҳуқуқ ва мажбуриятларининг меросхўрларга ўтиши билан боғлиқ ҳуқуқий муносабатлар ворислик ҳуқуқи нормалари билан тартибга солинади ва унинг предмети ҳисобланади. Фуқаролик кодексининг ворислик ҳуқуқига оид бўлимида мерос таркибининг барча жиҳатлари қамраб олинган ва меросга эгалик қилишга оид барча зарур меъёрлар белгилаб қўйилган.   Ўзбекистон Республикасида судлар томонидан мерос ҳуқуқи билан боғлиқ низоларнинг ўз вақтида ва тўғри ҳал этилиши мулк дахлсизлиги ва мерос ҳуқуқи қўриқланишига доир конституциявий кафолатлар таъминланишининг  ўта муҳим воситаси ҳисобланади. Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексининг 1113-моддасига кўра, мерос очилган пайтда мерос қолдирувчига тегишли бўлган, унинг ўлимидан кейин ҳам бекор бўлмайдиган барча ҳуқуқ ва мажбуриятлар мерос таркибига киради.

Ушбу моддага мерос қолдирувчининг шахси билан чамбарчас боғлиқ бўлган қуйидаги ҳуқуқ ва мажбуриятлар киритилган:

– юридик шахс ҳисобланган тижорат ташкилотлари ва бошқа ташкилотларга аъзолик, уларда иштирок этиш ҳуқуқлари, агар қонун ёки шартномада бошқа ҳол белгиланган бўлмаса;

– ҳаётга ёки соғлиққа етказилган зарар учун товон ундириш ҳуқуқи;

– алимент мажбуриятлари туфайли юзага келган ҳуқуқлар ва мажбуриятлар;

– меҳнат ва ижтимоий таъминот тўғрисидаги қонунчилик асосида пенсия, нафақа ва бошқа тўловлар олиш ҳуқуқи;

– мулкий ҳуқуқлар билан боғлиқ бўлмаган шахсий номулкий ҳуқуқлар мерос таркибига кирмайди.

– Мерос қолдирувчига тегишли бўлган шахсий номулкий ҳуқуқлар ва бошқа номоддий бойликлар меросхўрлар томонидан амалга оширилиши ва ҳимоя қилиниши мумкин.

Шунингдек, қонунда мерос қолдирувчига босим ўтказиб, мажбуран васият ёздиришга уринган шахслар меросдан маҳрум қилиниши борасида ҳам кодексда алоҳида модда билан белгилаб қўйилган.  Нолойиқ меросхўрларни меросдан четлатиш тўғрисидаги 1119-моддада қуйидаги бандлар ўрин олган.

Мерос қолдирувчини ёки эҳтимол тутилган меросхўрлардан бирортасини қасддан ўлдирган ёки уларнинг ҳаётига суиқасд қилган шахслар васият бўйича ҳам, қонун бўйича ҳам мерос олиш ҳуқуқига эга эмаслар. Васият қилувчи ўз ҳаётига суиқасд қилинганидан кейин васиятнома берган шахслар бундан мустасно.

Мерос қолдирувчи ўзининг охирги хоҳиш-иродасини амалга оширишига қасддан тўсқинлик қилган ва шу орқали ўзларининг ёки ўзларига яқин шахсларнинг ворисликка чақирилишига ёхуд мероснинг ўзларига ёки ўзларига яқин шахсларга тегишли улуши кўпайтирилишига имкон яратган шахслар васиятнома бўйича ҳам, қонун бўйича ҳам мерос олиш ҳуқуқига эга эмаслар.

Болаларига нисбатан ота-оналик ҳуқуқларидан маҳрум этилган ва мерос очилган пайтда бу ҳуқуқлари тикланмаган ота-оналар ана шу болалардан қолган мулкка ворис бўлиш ҳуқуқига эга эмаслар, шунингдек мерос қолдирувчига таъминлаб туриш юзасидан қонунга кўра зиммаларига юклатилган мажбуриятларини бажаришдан бўйин товлаган ота-оналар (фарзандликка олувчилар) ва вояга етган болалар (фарзандликка олинганлар) қонун бўйича ворислик қилиш ҳуқуқига эга эмаслар.

Нолойиқ меросхўрларни ворисликдан четлатиш учун асос бўладиган ҳолатлар бундай четлатиш келтириб чиқарадиган ворислик билан боғлиқ мулкий оқибатларга дахлдор шахснинг даъвоси бўйича суд томонидан белгиланади.

Ушбу модданинг қоидалари ҳар қандай меросхўрларга, шу жумладан мажбурий ҳисса олиш ҳуқуқига эга бўлган меросхўрларга ҳам тааллуқлидир.

 

Мерос билан боғлиқ низолар орасида кўпинча  эгалик расмийлаштирилмаган уй-жойлар  муаммоси тез-тез   учрайди. Сабаби, ҳуқуқий томондан саводсизлик, ўз мулкига эгалик қилиш шартларини билмаслик сабаб айрим фуқаролар  ўз мулкига нисбатан эгалик ҳуқуқини хатто расмийлаштирмаган бўлиб чиқади. Яъни ер сотиб олиб уй қурган, аммо уни ҳужжатлаштириш ишларига лоқайдлик қилган.  Қонунга мувофиқ, агар мана шундай қурилган бинолар белгиланган тартибга зид  бўлса, афсуски  хусусий мулк мақомини ололмайди ва бунинг натижасида бу мулкни ҳеч кимга мерос сифатида қолдиришга қонунан рухсат берилмайди. Шунингдек, ота-онадан мерос қолган уй-жойни фарзандлардан бирортасининг номига расмийлаштириш учун бошқа фарзандларнинг ҳам розилиги керак бўлади. Сабаби уларнинг ҳам  мерос улушига бўлган ҳуқуқи бор. Агар ака-укалар ўзаро рози бўлиб бу улушдан воз кечишмаса, бу низо суд залигача етиб бориши шубҳасиз.

 

Акрам Шукуров,

Жиззах вилоят суди раиси

Одам савдоси, шунингдек чақалоқлар ва болаларнинг савдоси билан боғлиқ жиноятларнинг салбий оқибатлари ва жазо чоралари ҳамда олдини олиш чоралари ҳақида

Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 13-моддасида Ўзбекистон Республикасида демократия умуминсоний принципларга асосланади, уларга кўра инсон, унинг ҳаёти, эркинлиги, шаъни, қадр-қиммати ва бошқа ажралмас ҳуқуқлари олий қадрият ҳисобланади” дейилган.

Бугунги кунда одам савдоси шу ўринда чақалоқлар ва бола савдоси билан боғлиқ жиноятлар асримизнинг жиддий муаммосига айланди.

Афсуски, дунё бўйлаб одам савдосига қарши курашиш борасидаги кенг қамровли тарғибот-ташқивот ишлари олиб борилишига қарамай, ҳар йили миллионлаб инсонлар одам савдоси қурбонига айланмоқда. Улар орасида аёллар, ҳатто ёш болалар ва чақалоқлар ҳам борлиги ачинарли ҳолдир. Ушбу турдаги жиноятнинг ривожланишига туртки бўлаётган асосий омиллардар бири одамларнинг чет элга бориш ва ишга жойлашиш ҳақида етарли маълумотга эга эмаслигидир. Ачинарлиси, ўзга давлат,  бегона бир муҳитга тушиб қолганлар мўмай  даромад илинжида оғир жисмоний меҳнатга ёлланмоқда, аёллар эса тубан ва фаҳш ишларга мажбур этилмоқда.

Сўнгги йилларда чақалоқ савдоси билан боғлиқ жиноятлар аниқланмоқда. Бунга – боланинг онаси ижтимоий ҳимояланмагани ва моддий эҳтиёжлари таъминланмаганлиги, турмушга чиқмаган аёллар ҳомиладор экани ҳамда чақалоқни оиласидан яширишга уриниши, фарзанд кўрмаган оилалар томонидан чақалоқ асраб олишга эҳтиёжлар кўплиги ва шунга ўхшаш бошқа ҳолатлар сабаб бўлмоқда.

Одам савдосига қарши курашишда аҳоли, айниқса, ёшлар ўртасида ушбу иллатнинг хавфи ва оқибатлари ҳақида тушунтириш ишларини олиб бориш, фуқароларни бу борадаги вазиятдан огоҳ этиш муҳим аҳамият касб этади. Шу боис бугунги кун талабларидан келиб чиқиб, тарғибот ва ташвиқот тадбирларини ўтказишга алоҳида эътибор қаратиш лозим бўлади.

Одам савдоси, унинг инсоний ҳуқуқ ва эркинликларини ғайриқонуний ва ғайри ахлоқий равишда айнан инсон томонидан камситилиши кечириб бўлмас жиноятдир.

Одам савдоси жинояти аксарият ҳолларда осон ва кўп пул топишлигини ваъда қилиш ва бошқа алдов усули билан амалга оширилади, фуқаролар бу каби алдов гапларга учмасликлари ва юқоридаги ҳолатларни асло ёддан чиқармасликлари лозим.

Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 135-моддасида “Одам савдоси” жиноятлари учун жазо чоралари белгиланган.

Жумладан, Одам савдоси, яъни одамни олиш-сотиш ёхуд одамни ундан фойдаланиш мақсадида ёллаш, ташиш, топшириш, яшириш ёки қабул қилиш – уч йилдан беш йилгача озодликни чеклаш ёхуд уч йилдан беш йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.

Ўша ҳаракатлар:

а) ўғирлаш, зўрлик ишлатиш ёки зўрлик ишлатиш билан қўрқитиш ёхуд мажбурлашнинг бошқа шаклларини қўллаш орқали; б) икки ёки ундан ортиқ шахсга нисбатан; в) ожиз аҳволдалиги айбдорга аён бўлган шахсга нисбатан; г) айбдорга моддий жиҳатдан ёки бошқа жиҳатдан қарам бўлган шахсга нисбатан; д) такроран ёки хавфли рецидивист томонидан; е) бир гуруҳ шахслар томонидан олдиндан тил бириктириб; ж) хизмат мавқеидан фойдаланган ҳолда; з) жабрланувчини Ўзбекистон Республикасининг Давлат чегарасидан олиб ўтган ҳолда ёки уни чет элда қонунга хилоф равишда ушлаб турган ҳолда; и) қалбаки ҳужжатлардан фойдаланган ҳолда, худди шунингдек жабрланувчининг шахсини тасдиқловчи ҳужжатларни олиб қўйган, яширган ёхуд йўқ қилиб юборган ҳолда; к) инсон аъзоларини ва (ёки) тўқималарини олиш мақсадида содир этилган бўлса; беш йилдан саккиз йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.

Ўша ҳаракатлар:

а) ўн саккиз ёшга тўлмаганлиги айбдорга аён бўлган шахсга нисбатан содир этилган бўлса; б) жабрланувчининг ўлимига ёки бошқа оғир оқибатларга сабаб бўлса; в) ўта хавфли рецидивист томонидан содир этилган бўлса; г) уюшган гуруҳ томонидан ёки унинг манфаатларини кўзлаб содир этилган бўлса, – саккиз йилдан ўн икки йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.

 

 

Рахматилла Орзиқулов,

Жиззах вилоят суди раиси ўринбосари

 

Жиззах вилояти судлари томонидан навбатдаги сайёр қабул Жиззах шаҳрида ўтказилди

Жиззах вилояти судлари мутасаддилари ҳамда ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар раҳбарлари иштирокида Жиззах шаҳар ҳудудида истиқомат қилувчи фуқаролар учун Абдулла Қодирий номидаги Жиззах давлат педагогика университетида оммавий сайёр қабул ташкил этилди.

Ўтказилган сайёр қабулда вилоят судлари томонидан жами 11 нафар фуқароларнинг мурожаатлари тингланди.

Уларнинг 2 нафари маъмурий, 1 нафари иқтисодий ҳамда 4 нафардан фуқаролик ва жиноят судларига оид масалалар ташкил қилди. Мазкур мурожаатларнинг 9 таси бўйича ҳуқуқий тушунтиришлар берилган бўлса, 2 таси жойида ижобий ҳал этилди.

Қабул жараёнида жиноят ишлари бўйича Жиззах шаҳар суди томонидан ўтказилган сайёр суд мажлисида 2 нафар шахсларга нисбатан маъмурий ҳуқуқбузарликка оид ишлар кўриб чиқилган бўлса, фуқаролик ишлари бўйича Жиззах туманлараро суди томонидан 1 нафар фуқаронинг зарарли меҳнат шароитларида ишлаганлик фактини белгилаш ҳамда 1 нафар фуқаронинг юридик фактни белгилаш ҳақидаги аризаси тўлиқ қаноатлантирилди.

Жумладан, фуқаро Озод Зокировнинг унга нисбатан ЙҲХБ томонидан қўлланилган 340 минг сўмлик жарима жазосини бекор қилиш ҳақидаги илтимосномаси сайёр суд мажлисида кўриб чиқилиб, мазкур иш маъмурий ҳуқуқбузарлик аломати йўқлиги сабабли Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 271-моддаси 1-бандига асосан маъмурий иш юритувдан тугатилди.

Ўтказилаётган бу каби сайёр қабуллар энг аввало инсон манфаатлари учун хизмат қилмоқда. Зеро, бугун қайси соҳада бўлмасин одамларни рози қилиш давлат идоралари фаолиятининг бош мақсадидир.

Сайлов қонунчилигидаги янгиликлардан хабардор бўлинг

Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва маҳаллий кенгашлар депутатлар сайлови 2024 йил 27 октябрда ўтказилади. Марказий сайлов комиссияси сайлов компанияси 2024 йил 26 июлидан бошланишини эълон қилди.

Ўзбекистон Республикаси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий кенгашлар депутатлар сайлови 2024 йил 27 октябрда ўтказилади. Бу ҳақда Марказий сайлов комиссияси хабар қилди.

Комиссия сайлов компанияси 2024 йил 26 июлидан бошланишини маълум қилди, шунингдек, календар режа тасдиқланди.

Сайловлар биринчи марта мажоритар-пропорционал (аралаш) тизим асосида ўтказилади. Бу тизимда сайлов округлари бир мандатли ва ягона сайлов округларига бўлинади. Парламент қуйи палатаси депутатларининг 75 нафари бир мандатли сайлов округлари бўйича мажоритар тизим (номзод учун овоз бериш), қолган 75 нафари пропорционал тизим бўйича, яъни сиёсий партияларга берилган овозлар асосида (партия рўйхати асосида) сайланади.

Сиёсий партияларнинг ролини ошириш учун аралаш сайлов тизимига ўтиш таклифи март ойида Ўзбекистон президенти томонидан депутатлар билан учрашувда илгари сурилган эди. Конституциянинг янги таҳрири бўйича референдумдан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев 8 май куни мажоритар-пропорционал сайлов тизимини жорий этиш тўғрисидаги фармонни имзолади.

Бунгача Ўзбекистонда парламент сайловлари мажоритар тизим бўйича ўтказилиб, унда ўз сайлов округида кўпчилик овоз олган номзодлар сайланган деб ҳисобланарди.

Таъкидлаш жоизки, Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси ҳамда Жиноят кодексида сайлов қонунчилигини бузганлик учун маъмурий ва жиноий жавобгарлик белгиланган. Буни сайловчиларимиз яхши билишлари лозим.

 Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг 51-2 – 51-9 – моддаларида сайловни ташкил этиш ҳамда ўтказиш соҳасидаги ҳуқуқбузарликлар учун жавобгарлик чоралари ўз аксини топган.

Масалан, кодекснинг 51-2-моддасига асосан Марказий сайлов комиссиясининг, сайлов комиссияларининг фаолиятига аралашиш, худди шунингдек уларнинг ишига тўсиқларни юзага келтириш мансабдор шахсларга базавий ҳисоблаш миқдорининг ўн бараваридан ўн беш бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Кодекснинг 51-3-моддасига мувофиқ эса Марказий сайлов комиссиясининг, сайлов комиссияларининг қарорларини ижро этмаслик, ушбу комиссияларнинг мурожаатларини кўриб чиқишни ғайриҳуқуқий равишда рад этиш ёки кўриб чиқиш муддатларини узрли сабабларсиз бузиш мансабдор шахсларга базавий ҳисоблаш миқдорининг уч бараваридан етти бараваригача миқдорда жарима билан жазоланади.

Яна бир ҳуқуқбузарлик – номзоднинг, ишончли вакилнинг, кузатувчининг ёки сиёсий партия ваколатли вакилининг ҳуқуқларини бузганлик учун кодекснинг 51-4-моддасида маъмурий жавобгарлик чоралари қайд этилган. Яъни бундай ҳолат мансабдор шахсларга базавий ҳисоблаш миқдорининг беш бараваридан ўн бараваригача миқдордаги жарима жазосини юзага келтиради.

Шунингдек, кодекснинг 51-4 – 51-9 – моддаларига кўра, сайловолди ташвиқотини олиб бориш шартлари ва тартибини номзод, ишончли вакил, сиёсий партия вакили, мансабдор шахс томонидан бузиш, сайлов натижаларига таъсир кўрсатиш мақсадида номзод, сиёсий партия тўғрисида атайлаб ёлғон маълумотларни эълон қилиш ёки бошқа усуллар орқали тарқатиш, айни жараёнда ахборот ҳамда ташвиқот материалларини қасддан йўқ қилиб юбориш ёки уларга қасддан шикаст етказиш, биноларга, иншоотларга ёки бошқа жойларга жойлаштирилган ахборот, ташвиқот материалларини сайловга ёки референдумга тайёргарлик кўриш ва сайлов ўтказиш жараёнида қасддан йўқ қилиб юбориш ёки уларга қасддан шикаст етказиш, сайловни молиялаштириш тартибини бузиш ҳамда жамоатчилик фикри сўровлари натижаларини, сайлов натижалари тахминларини, шунингдек сайлов билан боғлиқ бошқа тадқиқотларни чоп этиш (эълон қилиш) тартибини бузиш учун маъмурий жарима жазолари қўлланилади.

Жиноят кодексининг 146-моддасида сайлов ташкил қилиш, уларни ўтказиш вақтида мансабдор шахслар, сиёсий партиялар ёки фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органларининг вакиллари, ташаббускор гуруҳлар ёки сайлов комиссиялари аъзолари томонидан овоз беришнинг яширинлигини бузиш, сайлов ҳужжатларини қалбакилаштириш, сайлов ёки имзо варақаларига сохта ёзувлар киритиш, берилган овозларни атайлаб нотўғри ҳисоблаш учун жиноий жавобгарлик назарда тутилган. Унга кўра, бундай қилмиш базавий ҳисоблаш миқдорининг йигирма беш бараваригача миқдорда жарима ёки уч юз олтмиш соатгача мажбурий жамоат ишлари ёки уч йилгача ахлоқ тузатиш ишлари ёки бир йилдан уч йилгача озодликни чеклаш ёхуд уч йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.

 

Бегзод Казаков,

Фуқаролик ишлари бўйича Дўстлик туманлараро судининг раиси

Skip to content