Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan mahalla va maktablarda huquqiy targ’ibotlar o’tkazildi

Yangiobod tumani Shodlik mahalla fuqarolari yig’ini ma’muriy binosida mahalla fuqarolari va faollar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g’risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati bo‘yicha davra suxbatlari tashkil etilib, fuqarolarga ushbu Qonunning maqsad va vazifalari, yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish mazkur qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi belgilanganligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 18, 41-moddalari mazmuni haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.

Shuningdek, targ’ibot tadbiri Yangiobod tumanidagi 3-sonli maktab binosida bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida davom ettirilib, tadbir ishtirokchilariga jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish kabi jinoyatchilikni oldini olish va ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan jazo choralarini qo’llash tartibi mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Xususan, Jinoyat kodeksining 2441-moddasiga ko‘ra,  jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish, ya’ni diniy ekstremizm, separatizm, va aqidaparastlik g’oyalari bilan yo‘g’rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash kabi ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun jazo choralarining muqarrarligi, hozirgi kunda yoshlar va o‘smirlarning mazkur qilmishni bilib-bilmay sodir etib kelayotganligi kabi holatlarga to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga, targ’ibot tadbiri tumandagi Sarmich mahalla fuqarolar yig’ini binosida mahalla fuqarolari hamda faollar ishtirokida davom ettirilib, ishtirokchlarga kommunal xizmat ko’rsatish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi. O‘tkazilgan targ’ibot tadbirlarida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.

 

Shomurod Begmatov,

Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi