Yig‘ilishda, jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tuman sudining raisi Sobir Sodiqov so‘zga chiqib, qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil tushuntirish berdi hamda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli tadbirlar o‘tkazib fuqarolarga qonun talablarini tushuntirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tuman sudining raisi Erkin Umirzaqov so‘zga chiqib, Fuqarolik-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil tushuntirish berdi. Shuningdek, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yo‘ldoshev ham so‘zga chiqib qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan tushuntirishlar berdi.