YANGI QONUNLAR TARG‘IBOTIGA BAG‘ISHLANDI

Forish tuman sudlarining tashabbusi bilan tuman hokimligi binosida “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Fuqarolik-protsessual kodekslariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonunlarining mazmun-mohiyatini tushintirish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tuman sudining raisi Sobir Sodiqov so‘zga chiqib, qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil tushuntirish berdi hamda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli tadbirlar o‘tkazib fuqarolarga qonun talablarini tushuntirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tuman sudining raisi Erkin Umirzaqov so‘zga chiqib, Fuqarolik-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil tushuntirish berdi. Shuningdek, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yo‘ldoshev ham so‘zga chiqib qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan tushuntirishlar berdi.